14 MART 2019, 23:10

“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres jamoaning bazi futbolchilarini sotib yuborib, ularning o'rniga yangi futbolchilarni olib kelmoqchi.
El Confidencial’ning xabar berishicha, “Real” birinchi navbatda Xames Rodrigesni transferga qo'ymoqchi. Kolumbiyalik futbolchi 2017 yildan boshlab myunxenning “Bavariya” klubida ijara asosida harakat qilib kelayotgandi. “Qizillar” yarim himoyachining ijarasi uchun “blankos”lar hisobiga har yili 6,5 mln. evrodan o'tkazib bergan. Agar myunxenliklar Xamesni sotib olishni istasa, unda “Real” hisobiga yana 42 mln. o'tkazib berishi kerak bo'ladi.
Manbaning malum qilishicha, Xames Rodrigesning boshlang'ich transfer summasi 60 mln. evroni tashkil qiladi. “Bavariya” joriy yilning yozida 27 yoshli xavbekni kelajagi borasida yakuniy qarorga keladi.
Manba : El Confidencial
Qo‘shdi: Mehmon O‘qildi: 1259
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт.
Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.